Ozarbayjonda o‘qituvchilarning maoshini 1000 manatga yetkazishmoqchi
Ozarbayjonda kelgusi to‘rt yil davomida o‘qituvchilarning maoshi 15 foizga oshishi kutilmoqda. Bu haqda Day.Az xabar berdi.
Mamlakat fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayevning ta’kidlashicha, 2-3 yildan so‘ng o‘qituvchilarning ish haqi 1 000 manat (salkam 600 AQSh dollari)ga yetishi shart.
«O‘tgan yili sertifikatlash imtihonida yuqori natijaga erishgan o‘qituvchilar 1 195 manatdan maosh olishadi», — dedi Amrullayev.
Vazirning aytishicha, so‘nggi 10 yilda o‘qituvchilarning oylik ish haqi uch baravar oshgan. Ozarbayjonlik o‘qituvchiga 2014-yilda oyiga o‘rtacha 267 manat to‘langan bo‘lsa, 2023-yilda 790 manat (taxminan 464,71 AQSh dollari)dan berilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter