Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tyapti

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tyapti

Bugun Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da tugaydi.

Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, soat 12:00 holatiga mamlakat bo‘yicha jami 2 mln 499 ming 33 nafar fuqaro ovoz bergan. Bu saylovchilarning 38,57 foizini tashkil qiladi.

Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi tomonidan ma’lum qilinishicha, Elchixonasi binosida tashkil qilingan 16-Yasamal ikkinchi saylov okrugiga qarashli 53-saylov uchastkasida ham Toshkent vaqti bilan soat 08.00dan boshlab ovoz berish jarayoni boshlangan. Toshkent shahri va uning atrofida doimiy va vaqtincha yashaydigan, yoxud uzoq muddatli ish safarida bo‘lgan, 18 yoshga to‘lgan Ozarbayjon fuqarolari unda ishtirok etmoqdalar.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjonda o‘tayotgan saylovda yetti nafar – Ilhom Aliyev, Elshod Musayev, Fozil Mustafo, Fuad Aliyev, Qudrat Husanquliyev, Rozi Nurillayev, Zohid O‘rujlar prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Caylov natijalari 9 fevral kuni e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring