Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi

Ozarbayjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi

Foto: «Gaxeta.ru»

Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. TASS xabar berishicha, o‘n soatdan ko‘proq davom etgan muzokaralar yakunida Jayxun Bayramov (Ozarbayjon) va Zograb Mnatsakanyan (Armaniston) Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitimga imzo chekishdi.

«2020-yil 10-oktyabr soat 12:00 dan boshlab, harbiy asirlarni va ushlab turilgan boshqa shaxslarni hamda halok bo‘lganlarning jasadlarini almashtirish va Xalqaro qizil xoch mezonlariga muvofiq gumanitar maqsadlarda, o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinadi», — deyiladi Lavrov o‘qib eshittirgan bayonotda.

Ta’kidlanishicha, Ozarbayjon va Armaniston, YeXHT Minsk guruhi hamraislari vositachiligida, kelishuvning asosiy tamoyillari bo‘yicha iloji boricha tezroq tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish yuzasidan muzokaralarga kirishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring