Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon prezidenti Armanistonni «boshi berk ko‘cha»dan chiqishga undadi

Ozarbayjon prezidenti Armanistonni «boshi berk ko‘cha»dan chiqishga undadi

Armaniston Zangezur yo‘lagini ochmas ekan, Ozarbayjon qo‘shni mamlakat uchun boshqa hududlarda chegarasini ochmaydi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mahalliy telekanallarga bergan intervyusida gapirdi.

«Men eslab o‘tgan yo‘nalish (Zangezur yo‘lagi nazarda tutilmoqda – tahr.) ochilmas ekan, bizning boshqa hududlarda Armaniston bilan chegarani ochish niyatimiz yo‘q. Ya’ni bu holatda ular foydadan ko‘ra ko‘proq zarar ko‘radi», – dedi I.Aliyev. 

Ozarbayjon yetakchisi chegara ochilmasligi Armanistoning boshi berk ko‘chada qolishini anglatishini ta’kidlagan. U, ayni choqda, Ozarbayjon tomoniga chegara orqali odamlar va yuklar tekshiruvsiz o‘tishi kerakligini urg‘ulagan.

2020 yili 44 kunlik urushda xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq o‘ziga tegishli bo‘lgan hududlarni okkupatsiyadan ozod qilgan Ozarbayjon Armanistondan Zangezur yo‘lagini ochishni talab qilib kelmoqda.

Prezident Ilhom Aliyev 2022 yil noyabr oyida Samarqandda o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Zangezur yo‘lagining ochilishi mintaqaning barcha mamlakatlariga naf keltirishini aytgan edi.

Ekspertlarga ko‘ra, Naxichevan muxtor respublikasi va Ozarbayjonning g‘arbiy viloyatlari o‘rtasidagi mazkur yo‘lak nafaqat hududning, balki butun mintaqaning muhim transport yo‘lagi bo‘la oladi. Undan  Rossiya, Eron, Turkiya va boshqa qator davlatlar, jumladan, O‘zbekiston ham manfaatdor.

Zangezur koridori Osiyodan Yevropaga eng qisqa quruqlik yo‘lini ta’minlashi bilan ahamiyatlidir. U ochilgach, Qorabog‘ GESlarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini Turkiya va Eronga eksport qilish imkoni ham tug‘iladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring