Oyda suv topildi
Xitoylik olimlar 2020-yilda «Chan’e-5» sayyoralararo avtomat stansiyasi yordamida Yerga keltirilgan Oy tuprog‘i namunasida suv topishdi. Bu haqda «Science Advances» xabar berdi.
Namunadagi suvning ulushi 120 millionga birni tashkil etgan. U quyosh shamoli tufayli paydo bo‘lgani aytilmoqda.
Ushbu tuproq namunasi Oydagi Bo‘ronlar okeanining shimoliy qismidan olingan.
Bo‘ronlar okeani — Oydagi eng yirik dengiz, tabiiy yo‘ldoshning bizga ko‘rinib turgan qismining g‘arb tomonida joylashgan. Shimoldan janubga 2 500 kilometrga cho‘zilgan bo‘lib, jami maydoni — 4 mln. kv. km. Xuddi Oydagi boshqa dengizlar kabi, Bo‘ronlar okeani ham qotib qolgan bazalt lavasi bilan qoplangan tekislikdan iborat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter