Ostonada 8 noyabr kuni KXShT sammiti bo‘lib o‘tadi
Shu yilning 8 noyabr kuni Ostona shahrida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Kengashining davlat rahbarlari darajasidagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
«8 noyabrda kunning birinchi yarmida Ostona shahrida KXShT tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi, kunning ikkinchi yarmida esa davlat rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi», – deyiladi Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatida.
Ma’lumot uchun, KXShTga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston davlatlari a’zo.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter