Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyolik o‘ta xavfli jinoyatchi Niderlandiyada hibsga olindi

Osiyolik o‘ta xavfli jinoyatchi Niderlandiyada hibsga olindi

Jinoyatchilar olamida «Osiyolik El Chapo» laqabi bilan tanilgan narkobaron Se Chi Lop Niderlandiyada hibsga olingan. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Jinoyatchi ikki yillik qidiruvdan so‘ng hibsga olingan. Ta’kidlanishicha, qidiruvda Interpol ishtirok etgan.

Xitoy-Kanada fuqarosi dunyodagi eng yirik metamfetamin savdogarlaridan biri hisoblanadi. O‘zi rahbarlik qilayotgan «Kompaniya» nomi bilan ham tanilgan xalqaro jinoyatchilik sindikati Avstraliyaga olib kirilayotgan giyohvand moddalarning 70 foizini olib kelgan deya gumon qilinmoqda.

Nashr Chi Lop maxsus laboratoriyalarda ishlab chiqilgan ko‘plab dori-darmonlarni tarqatadigan bir nechta xitoylik mafiyalarga mas’ul bo‘lganligini ta’kidlaydi.

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy harakatlar Chi Lopga yiliga 10 milliarddan 23 milliard dollargacha daromad keltirgan.

Chi Lopni AQSh, Kanada, Myanma, Xitoy, Tailand va Yaponiya kabi 20 ga yaqin mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari izlagan. Davlatlar Chi Lopni qo‘lga tushurish uchun «Kungur» deb nomlangan keng ko‘lamli operatsiyada birlashdilar.

Bugungi kungacha «Osiyodan kelgan El Chapo»ning qayerdaligini aniqlashning iloji yo‘q edi - u doimo kikboksyor soqchilar guruhi hamrohligida yashiringan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring