Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Osiyo NATOsi» tuziladimi?

«Osiyo NATOsi» tuziladimi?

Foto: NOI.md

AQSh Hind-Tinch okeani mintaqasida qarama-qarshiliklar kuchayib, sovuq urush paydo bo‘lishini istamaydi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bayonot berdi.

«Shuni yaxshi bilib olishingiz kerak, biz qarama-qarshiliklar yoki nizolarga intilmayapmiz. Sovuq urush bo‘lishiniyam, Osiyo NATOsi tashkil etilishi yoki mintaqaning dushman bloklarga bo‘linib ketishiniyam istamaymiz», — dedi Pentagon rahbari.

Uning aytishicha, AQSh mintaqada o‘z manfaatlarini qat’iy himoyalashda davom etadi. Biroq bu tafovutlarni ko‘paytirish emas, balki xavfsizlikni mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishida bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring