O‘rgimchakning fanga noma’lum zaharli turi topildi
Avstraliyalik olimlar Markaziy Kvinslend hududida uzunligi 20 sm dan ortiq bo‘lgan o‘rgimchakning yangi turini topishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu haqda ABC News telekanali tadqiqotchilarga tayanib xabar bermoqda.
Shu bilan birga, ushbu o‘rgimchakning zahari odamlar uchun xavflidir.
«Hasharotga Euoplos dignitas nomi berildi, uning nomi lotincha dignitas so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «qadr-qimmat» yoki «buyuklik» degan ma’noni anglatadi va o‘rgimchakning ta’sirchan hajmi va xarakterini aks ettiradi», deyiladi Kvinslend muzeyi gazetasida.
Olimlarning ta’kidlashicha, Euoplos dignitas yashash joylarining qisqarib borayotgani sababli kamdan-kam uchraydi.
Bunday o‘rgimchak odatda yer ostida yashaydi va zahari odamda kuchli og‘riq yoki shish paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Olimlar o‘rgimchakning bu turi yo‘qolib ketish xavfi ostida ekanini aytishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter