Oq uy Jo Baydenning ahvoli borasida bayonot berdi
Koronavirus bilan kasallangan AQSh prezidenti Jo Baydenning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda. Bu haqda Oq uy tomonidan AQSh yetakchisi shifokori Kevina O‘Konnorga asoslanib ma’lumot berilgan.
«Hozirgi vaqtda asosiy simptom - tomoq og‘rig‘i», degan doktor.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, Baydenni qiynayotgan yo‘tal sezilarli miqdorda kamaygan, tanadagi og‘riqlar ham pasaygan.
Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per AQSh prezidenti Jo Bayden bilan ko‘rishgan yuqori martabali amaldorlarda koronavirus yuqtirish holatlari kuzatilmaganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, uch kun avval Bayden koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘lgandi. Xabar qilinishicha, prezident Paxlovid preparatini qabul qilmoqda. Bu Pfizer tomonidan ishlab chiqarilgan antiviral tabletkadir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter