Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltin salkam 2,5 dollarga qimmatlashdi

Oltin salkam 2,5 dollarga qimmatlashdi

Foto: «Getty Images»

AQSh valyutasi (dollar) kursi pasayishi fonida oltinning narxi oshdi, biroq kutilgan darajada emas. Bu haqda global savdo maydonlaridagi ma’lumotlar shohidlik beradi.

Nyu-Yorkdagi Comex birjasida oltinning fevral fyuchersi o‘sishi 0,14 foizni yoki 2,45 AQSh dollarini tashkil etib, 1 troya unsiyasi 1 811,25 dollarni tashkil etdi.

Investorlar hozircha barqaror saqlanib turgan dollarning kuchsizlanishini kutishmoqda, koronavirusning «omikron» shtammi bo‘yicha xavotirlar Amerika valyutasining qulashida aksini topishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring