Oltin konidagi fojia: 40 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda — Sudan
Sudandagi oltin konida o‘pirilish oqibatida qariyb 40 kishi halok bo‘ldi, «Al Arabiya» xabariga ko‘ra, konda 46 kishi ishlayotgan bo‘lgan.
Ayni paytda qutqaruvchilar tirik qolganlarni topish maqsadida qidiruv ishlarini davom ettirishyapti.
Halokat o‘tgan yakshanba G‘arbiy Kordofan shtatining An-Nuhud tumanidagi Umm-Darsaya xususiy oltin konida yuz bergan. Oltin qazish qo‘lbola usulda olib borilgan, bir nechta tirgak birvarakayiga qulab ketgan, tonnalab tuproq ostida qolgan aksariyat ishchilar tashqariga chiqa olmay qolgan.
Kon xavfli ekani oldindan ma’lum edi. Yanvar oyida to‘rt konchini tuproq bosib halok bo‘lgandi. Shundan so‘ng hukumat konni ishlatishni taqiqlab qo‘riqchilar qo‘ygandi. Ikki oy avval, qo‘riqchilar kondan ketganidan so‘ng, ishchilar konga noqonuniy kirib olib, oltin izlashni davom ettirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sudanda oltinni qo‘lbola usullarda qazib olish bilan taxminan ikki million kishi shug‘ullanadi. Mamlakatdagi qimmatbaho metallarning qariyb 80 foizi shu yo‘llar bilan qazib olinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter