Oltin konida 50 nafar ishchi halok bo‘ldi — KDR
Kongo Demokratik Respublikasining sharqida joylashgan «Detroyt» oltin konida shaxtaning bosib qolishi oqibatida kamida 50 nafar ishchi halok bo‘ldi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.
Qo‘lbola usulda ishlovchi bu kon Kanadaning «Banro Corporation» kompaniyasiga qarashli.
Juda ko‘p yomg‘ir yog‘ishi oqibatida shaxta bosib qolgan: uchta quduqda oltin qidirayotgan konchilar uning ostida qolib ketgan.
«Mirror» nashri yozishicha, halok bo‘lganlarning jasadlarini qidirish ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabrida ham KDRning shimoli-sharqidagi oltin konida fojia yuz bergan: kamida 30 nafar konchini shaxta bosib qolgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter