Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olma tashlasa yerga tushmaydi: Berlinda koronavirusga qarshi cheklovlardan norozilar namoyish o‘tkazmoqda

Olma tashlasa yerga tushmaydi: Berlinda koronavirusga qarshi cheklovlardan norozilar namoyish o‘tkazmoqda

Niqobsizlarning talabi qondirilarmikin?!.

Foto: «Meduza»

Angela Merkel katta siyosiy faoliyat boshlagan 2005 yildan beri eng katta norozilik namoyishlari Berlinda bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 29-avgust kuni Germaniya poytaxtidagi namoyishlarga to‘plangan xalq hukumatdan koronavirusga qarshi cheklovlarni bekor qilishni talab qilmoqda.

Namoyishga 10-30 ming kishi chiqishini kutishgan va shunga yarasha hozirlik ko‘rib qo‘yishgandi: Brandenburg darvozasi (asosiy voqealar shu yerda bo‘lib o‘tmoqda) yaqiniga 3 ming nafardan ortiq politsiyachilar, maxsus texnikalar keltirib qo‘yilgan.

Ammo hisobni xato olishgan ekan, guvohlarga ko‘ra, olma tashlasa yerga tushmaydi... 

Berlin atrofida harbiylar va tanklarni ham ko‘rganlar bor, deyishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Merkel boshchiligidagi hukumat kuzda pandemiyaning ikkinchi to‘lqini qaytishining oldini olish uchun oktyabrgacha belgilangan cheklovlarni dekabrgacha uzaytirgandi. O‘rnatilgan tartiblarni buzganlar, xususan, niqob taqmasdan jamoat transportiga yoki do‘konga chiqqanlar 50 yevrodan jarimaga tortilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring