«O‘lishga otlanmayapman. Siz hali men bilan juda uzoq vaqt azob chekasiz» – Aleksandr Lukashenko
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 9 maydan keyin paydo bo‘lgan ehtimoliy kasalligi haqida ilk bor izoh berdi. U bu haqda «Sog‘liqni saqlashning dolzarb masalalari»ga bag‘ishlangan yig‘ilishda gapirdi.
«Bu messenjerlar va Telegram kanallaridagi behuda mulohazalardan boshqa narsa emas. Adenovirus, yana bir nimalar deyishdimi? Sog‘ligim joyida. Ammo davolanishga imkonim bo‘lmagani uchun men Moskvaga, Grodnoga, keyin Gomelga borishim kerak edi, bularning barchasi to‘planib qoldi. Do‘stlar men o‘lishga otlanmayapman. Siz hali men bilan juda uzoq vaqt azob chekasiz», — degan Belarus Prezidenti.
Ma’lumot uchun, 9 may kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Moskvadagi nonushtani o‘tkazib yuborib, paraddan ko‘p o‘tmay Minskga qaytgan edi.
Shuningdek, Lukashenko 14 may kuni bo‘lib o‘tgan Davlat ramzlari kunini nishonlash marosimida ham qatnashmagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter