Olimpiya sulhi: Xitoy Fransiyaning tashabbusiga qo‘shiladi
Parijdagi 2024-yilgi Yozgi o‘yinlar vaqtida olimpiya sulhiga kelishish borasida Fransiya ilgari surgan tashabbusni Xitoy qo‘llab-quvvatlaydi. Fransiyaga rasmiy tashrif bilan borgan XXR raisi Si Szinpin shunday bayonot berdi.
Si Szinpin hozirgi dunyo juda notinchligini ta’kidladi.
«Xitoy BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi sifatida Parijdagi Olimpiya o‘yinlari munosabati bilan Fransiya bilan birgalikda musobaqalar vaqtida o‘t ochishlar va jangovar harakatlarni to‘xtatish tashabbusini ilgari surmoqchi», — dedi Si Szinpin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter