Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar tasodifan inson organizmida yangi molekulalar sinfini topishdi

Olimlar tasodifan inson organizmida yangi molekulalar sinfini topishdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan Stenford universiteti tadqiqotchilari yangi molekulalar sinfini topishdi. Ularda RNKning oddiy saxarozalar bilan birikmalari (gliko-RNK) mavjud. Bu haqda Cell nashriga tayanib Mir24 xabar bermoqda.

Kashfiyot kutilmaganda sodir bo‘ldi. Olimlar hech kim gliko-RNK bilan biomolekulalarni izlamaganligini tan olishdi. Ular tasodifan topilgan: tadqiqotchi Rayan Flinn hamkasblarining laboratoriyasida ishlagan, u yerda ular glikoproteinlarni o‘rganishadi. Tadqiqotchi oddiy saxaroza bor-yo‘qligi haqida o‘ylanib qoladi.

Keyin ular hujayralar yuzasidan gliko-RNK izlay boshladilar va ularni odamlarda, baliqlarda va kemiruvchilarda topdilar. Bu shuni anglatadiki, bu kabi saxarozalar bir vaqtlar muhim funksiyani bajargan. Biroq aynan qaysi vazifani bajargani hozircha aniq emas.

Avvalroq tadqiqotchilar Arktika va Antarktidada havo bilan oziqlanadigan mikroorganizmlanir topishgan edi. Bakteriyalar na organik, na noorganik moddalarni talab qiladi. Ular atmosferadan energiya olishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring