Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar qarishni sekinlashtirishning yangi yo‘lini topishdi

Olimlar qarishni sekinlashtirishning yangi yo‘lini topishdi

Britaniyaning Lester universiteti va shifoxonasi olimlari tez piyoda yurishning inson qarishiga ta’sirini o‘rganishdi va u biologik qarishni taxminan 16 yilga qisqartirishi mumkin degan xulosaga kelishdi.

Bu haqda Science Daily xabar bermoqda.

Tadqiqotda 405 000 dan ortiq o‘rta yoshli odamlar ishtirok etdi.

Kuzatish jarayonida hujayra xromosomalarining uchlari, biologik qarish uchun mas’ul telomerlar, yurish tezligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.

Olimlarning fikricha, odam qanchalik tez va ko‘p yursa, telomerlarning uzunligi shunchalik ko‘payadi. Natijada, har bir hujayra bo‘linishi bilan telomerlar qisqaradi. Agar odam sekin yuradigan bo‘lsa, bu surunkali kasalliklar xavfi ortishining ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin degan xulosaga keldi.

Mutaxassislar odamlarga kun davomida kamida bir necha daqiqa tezroq yurishni tavsiya qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring