Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar it kattaligidagi tirannozavrni topishdi

Olimlar it kattaligidagi tirannozavrni topishdi

Foto: «Twitter»

Tadqiqotchilar AQSh g‘arbida Shimoliy Amerikadagi eng mitti — it kattaligidagi tirannozavr qoldiqlarini topishdi. Bu haqda batafsil «Nature»da berilgan maqola orqali tanishishingiz mumkin.


Mavzuga oid: To‘xtasin akaning uyi ostidan «dinozavr» qoldiqlari chiqdi 


Jajji dinozavrning og‘irligi 87 kilogramm bo‘lgani taxmin qilinyapti. Tanasining uzunligi — 1,2 metr. Olimlarning gapiga qaraganda, bu dinozavr bug‘u yoki yirikroq it kattaligida bo‘lgan.

«Wikipedia» ma’lumotlariga ko‘ra, shu paytgacha topilgan eng yirik  «Syu» laqabli tirannozavrning og‘irligi 5 400 kilogrammga teng.

Yangi topilma shundan dalolat beradiki, yuz millionlab yillar davomida tirannozavrlarning jussasi kichik bo‘lgan, faqat yirikroq yirtqichlar qirilib keta boshlagach, ular kattalasha borgan va oziq zanjirining eng yuqorisiga ko‘tarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring