Olimlar: Antarktida ustida Yer uchun ulkan xavf yetilib kelmoqda
Taxminan 23 million kvadrat km o‘lchamdagi ozon teshigi so‘nggi 15 yil ichida eng katta ozon teshiklaridan biri hisoblanadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, Antarktida ustidagi bu ozon teshigi so‘nggi yillarda eng katta va eng chuqurlardan biridir. Bu haqida «Sky News» «World Meteorological Organization», «Copernicu sECMWF», «NASAEarth», «Environmentca», «WMO‘s Global Atmosphere Watch network»ga tayanib xabar bergan.
Ozon qatlami Yer atmosferasining bir qismidir va quyoshdan zararli ultrabinafsha nurlarini yutib, qalqon vazifasini bajaradi. Biroq, odamlar tomonidan yaratilgan kimyoviy moddalar va boshqa zararli elementlar qatlamda ozon teshiklarini ingichkalashga olib keldi.
Antarktida ustida har yili sentyabr va dekabr oylari oralig‘ida hosil bo‘ladigan ozon qatlamidagi teshik 2020-yil uchun maksimal darajasiga - 8,9 million kvadrat milga (23 million kvadrat km) yetdi.
Yevropa Ittifoqi Kopernik atmosfera monitoringi Xizmati (CAMS) olimlarining ta’kidlashicha, 2019 yilda «g‘ayrioddiy kichkina va qisqa muddatli» teshikdan keyin katta tuynukning qaytishi global Monreal protokolini bajarish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Ushbu xalqaro shartnoma «CFC» kabi kimyoviy moddalarni taqiqlash orqali ozon qatlamini himoya qilishga qaratilgan.
Xlor va bromni o‘z ichiga olgan ushbu moddalar qutb girdobi deb ataladigan past bosimli joylarda to‘planadi. Girdobdagi harorat -78 C (-10.4.4F) dan pastga tushishi mumkin, bu esa ozonni yemiradigan kimyoviy reaksiyalarga olib keladigan stratosfera bulutlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Quyosh Janubiy qutb ustida ko‘tarilayotganda, uning energiyasi girdobdagi xlor va brom atomlarini chiqaradi - bu ozon molekulalarini tezda yo‘q qiladi va teshik paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ozon qatlamining teshigining kengayishi global isishni tezlashtirib yuborishi va abadiy muzliklarning erishini tezlashtirishi, natijada esa dunyo xavf ostida qolishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter