Odamlar sekin qarimoqda — fin olimlari
Olimlarning aniqlashlaricha, bugungi kunda keksalarning funksional xususiyatlari bundan 30 yil oldingi shu yoshdagi erkak va ayollarnikidan ancha yaxshilangan. Ya’ni odamlarning keksayish jarayoni sekinlashgan, deb yozmoqda «Ferra.ru».
Ushbu holatga Finlyandiyadagi Yyuvyaskyulya universiteti olimlari oydinlik kiritishdi. Fin olimlari 78—80 yoshli turli guruhlardagi insonlarning jismoniy va kognitiv salohiyatlarini o‘zaro solishtirib chiqishdi. Ya’ni bugungi keksalar va 1990-yillardagi xuddi shu yoshdagi insonlarning salohiyati o‘sha yillarda olingan ma’lumotlar asosida qiyoslab ko‘rildi.
Aniqlanishicha, bugungi kunda keksa yoshdagi erkak va ayollarda mushaklar kuchi, yurish tezligi, reaksiya tezligi, nutqning ravonligi, fikrlash va ishchi xotira 90-yillardagi 78—80 yoshli insonlarnikidan yuqoriroq.
Olimlar bu holatni keyingi avlod vakillari nisbatan yaxshi sharoitlarda turmush kechirishayotgani bilan izohlashmoqda. Keyingi davrlarda dunyo bo‘yicha salomatlik va ta’lim sifati ancha yaxshilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter