Aqliy mehnat bilan shug‘ullanganlar ko‘proq kaloriya yo‘qotadimi?

Inson aqliy mehnat bilan shug‘ullanganida ko‘proq kaloriya yo‘qotadi degan tushuncha qanchalik to‘g‘ri? Shifokor-terapevt, diyetolog Yelena Ustinova «Gazeta.Ru»ga bergan intervyusida shunga aniqlik kiritdi.
«Miya ko‘p energiya talab qiladi, demak, kaloriya sarfi ham shunga yarasha bo‘ladi, degan qarashlar bor. Shu mantiqqa ishongan ayrimlarning nazarida, tinmay aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar ozg‘in bo‘lishi kerak. Ammo bunday emas», — dedi mutaxassis.
Miya hatto eng og‘ir yuklama bilan ishlaganida ham soatiga qo‘shimcha 25 kilokaloriya sarflaydi. Odam o‘tirib, kompyuterda ishlasa yoki kitob o‘qisa, uning organizmi soatiga atigi 50-75 kilokaloriya yo‘qotadi. Demakki, inson aqliy mehnatga o‘ta mukkasi bilan berilganida ham sarflaydigan kaloriyasi soatiga 100 (kkal)dan oshmaydi.
Jismoniy yuklamalarga keladigan bo‘lsak, masalan, soatiga 5 km tezlikda yurilganida, bir soatda 250 kilokaloriya yo‘qotish mumkin. Jo‘shqin raqs yoki chang‘i sportida esa bu miqdor soatiga 600 kilokaloriyagacha yetadi.
«Hech shubhasiz, eng ko‘p kaloriya aqliy mehnatda emas, faqat jismoniy harakatlarda yo‘qotiladi», — dedi so‘zi yakunida Ustinova.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter