Odam tanasidan sovun ishlab chiqarilgan — 95 yoshli odam ayblanmoqda
Germaniyada Shtutgof konslagerining 95 yoshli sobiq kotibasi 10 mingga yaqin mahbusni o‘ldirishda, shuningdek, qotillikka urinishda ayblanmoqda, deya «RIA Novosti»ga ma’lum qildi katta prokuror Piter Myuller-Rakov.
«Biz Shtutgof konslageri komendantining sobiq kotibasiga qarshi ayblovlarni e’lon qildik. Biz uni 10 mingdan ortiq qotilliklar hamda qotillikka urinishda aloqador boshqa epizodlarda ayblamoqdamiz», — dedi u.
Natsistlarning Shtutgof konslageri 1939-yilda Gdanskdan sharqda bosib olingan Polsha hududida tashkil etilgan. Lagerda 65 mingga yaqin mahbus halok bo‘lgan. Shtutgof asirlarida tibbiy tajribalar o‘tkazilgan, odam tanasidan sovun ishlab chiqarilgan. Ayni paytda konslager joylashgan joyda muzey faoliyat olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter