Och qoldirilgan, kaltaklangan ota va o‘g‘ilning mo‘miyolangan jasadi yerto‘ladan topildi
Kemerovo viloyatida politsiya Baranovka qishlog‘idagi uyning yerto‘lasidan ota va o‘g‘ilning mumiyolangan jasadini topishdi.
REN TV telekanali manbasiga ko‘ra, ularni ikkinchi o‘g‘il qo‘lga olib, ushlab turgani ma’lum bo‘ldi. Gap shundaki, ota va o‘g‘il bir yarim yil oldin g‘oyib bo‘lganiga qaramay qarindoshlari politsiyaga shu kunlarda murojaat qilishgan. Ma’lum bo‘lishicha, ikkinchi o‘g‘il o‘z tug‘ishganlarini yerto‘laga qamab qo‘ygan, och qoldirib kaltaklagan. Erkaklar o‘limining aniq sababini sud-tibbiy ekspertiza aniqlaydi. Shu bilan birga qotil shizofreniya tashxisi bilan joriy yilning sentyabr oyida ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Voqea yuzasidan ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter