OAV: Saakashvili vertolyotda qamoqxonadan qayoqqadir olib ketildi
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili qamoqxonadan noma’lum tomonga olib ketildi. Bu haqda siyosatchining onasi Giuli Alasaniyaga asoslanib «Gruziya Online» ma’lum qildi.
Jazoni o‘tash binosi ustida vertolyot paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, ikkita zirhli texnika ham mavjud bo‘lganligi aytilmoqda. Sobiq prezidentning qarindoshlari va advokatlari qamoqxonaga kirishlari mumkin emas. Taxminlarga ko‘ra, qamoqda bir oydan ortiq ochlik e’lon qilgan Saakashvili harbiy gospitalga olib ketilgan.
«Ikki soat kutdik, ammo javob berishmadi. Bir muncha vaqt oldin uni zirhli mashinada olib chiqishgan, keyin esa, aftidan, vertolyotga o‘tqazishgan. U qayoqqadir g‘oyib bo‘ldi... Gap shundaki, o‘g‘lim endi bu yerda yo‘q», — degan siyosatchining onasi «Report.ge»ga bergan intervyusida.
Avvalroq, Saakashvilining shaxsiy shifokori Sog‘liqni saqlash vazirligi qarori bilan chaqirilgan tibbiy kengash sobiq prezidentni zudlik bilan ko‘p tarmoqli klinikaga yotqizish zarurligi haqida xulosa qilganini aytib o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter