OAV: Navalniyni ikkinchi marta zaharlash rejasi chippakka chiqqani ma’lum bo‘ldi
Rossiya davlat xavfsizlik xizmati vakillari muxolifat lideri Aleksey Navalniyni Berlinga uchishidan oldin uni zaharlamoqchi bo‘ldi, deya yozmoqda «Times» nashri o‘z manbasiga asoslanib.
«Parvoz oldidan Prezident Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisini zaharning ikkinchi dozasi bilan o‘ldirishga urinishdi», - deya tafsilotlarni ochiqlagan manba. Ammo bu safar Navalniy xavfdan qutulib qolgan.
«Navalniy ishi»
Rossiyaning amaldagi hukumati va prezidentining ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan Aleksey Navalniy shu yilning 20 avgustda Tomskdan Moskvaga qaytayotganda betob bo‘lib qolgandi. So‘ngra u Germaniyaga jo‘natildi, u yerda deyarli tuzaldi.
Aleksey Navalniy Korrrupsiyaga qarshi kurash fondi rahbari va internetda ko‘p millionlik auditoriyaga ega bloger ham sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter