Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Bashar Asaddan rafiqasi ham yuz o‘girdi

OAV: Bashar Asaddan rafiqasi ham yuz o‘girdi

OAVda tarqalgan xabarga ko‘ra, Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadning rafiqasi ajrashish uchun ariza bergan

The Jerusalim Post nashrining yozishicha, Asma Asad Moskvadagi hayotidan noroziligi tufayli ajrashish uchun ariza bergan va Londonga ko‘chib o‘tish niyatida.

Xabar qilinishicha, Asma Asad Moskvani tark etish uchun maxsus ruxsat so‘ragan va uning arizasi Rossiya rasmiylari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Ayni vaqtda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Asadning rafiqasi Rossiyani tark etish uchun maxsus ruxsat so‘ragani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi RIA "Novosti”.

Eslatib o‘tamiz, 8 dekabrda Damashqda rasmiy hukumat qulagach, Bashar Asad Moskvaga qochdi. Uning uch farzandi va rafiqasi ham Rossiya poytaxtida yashamoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring