OAV: AQShda davosi bo‘lmagan xavfli kasallik tarqala boshladi
AQShning Texas va Vashington shtatidagi bir nechta shifoxonalarda hozirda davolashning imkoni bo‘lmagan Candida Auris virusi topildi. Bu haqda The New York Times ma’lum qildi.
Virus birinchi marta 2009yilda Yaponiyada topilgan. Candida Auris mavjud bo‘lgan barcha dorilarga chidamli. Biroq, bu pandemiya paytida tarqalishi bilan yanada xavfli bo‘lib qolmoqda, deya ta’kidlaydi olimlar.
Infeksiyani yuqtirgan bemorlarning taxminan uchdan bir qismi 30 kun ichida vafot etgan. Ammo ular bungacha surunkali kasalliklar bilan og‘rishgani sababli zamburug‘ ularning o‘limining asosiy sababi bo‘lganligi tasdiqlanmagan
Virusni yuqtirgan odamlarning besh-o‘n foizigacha qonida jiddiy infeksiya rivojlanishi aytib o‘tilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Candida Auris kasalxonaga tarqalib ketgan bo‘lsa, uni yo‘q qilish qiyin. Sog‘lom odamlar uchun bu nisbatan xavfsiz bo‘lib, ammo immuniteti zaif bo‘lgan og‘ir kasal bemorlar uchun o‘limga olib kelishi mumkin.
«Agar har qanday dori-darmonga chidamli kasallikni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, aynan mana shu kasallik xuddi o‘zi» - deydi doktor Kornelius J. Klensi.
Shifokorlar Candida Auris yuqtirganlarni davolash qiyinligini bilishadi, ammo tadqiqotchilar AQShda birinchi marta antifungal Candida Auris uchta asosiy turiga chidamli odamlarni aniqlaganlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter