Nyu-Yorkdagi yong‘inda 19 kishi halok bo‘ldi, ular orasida 9 nafar bola bor
Amerikaning Nyu-York shtati Bronks shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 19 kishi, jumladan to‘qqiz nafar bola halok bo‘ldi.
Bu haqda «Rossiyskaya gazeta» ma’lum qildi.
«Yakshanba kuni Nyu-Yorkda sodir bo‘lgan yirik yong‘inda kamida 19 kishi, jumladan, to‘qqiz nafar bola halok bo‘lgan», — deya ta’kidlagan hukumat rasmiylari.
Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida 63 kishi yong‘in va tutundan turli darajada kuyish jarohatlari olgani ma’lum. 32 kishi hayot uchun xavfli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Nyu-York shahri o‘t o‘chirish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 19 qavatli turar-joy binosida yong‘inni o‘chirish va aholini qutqarish uchun 200 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan. Har bir qavatda yurak xuruji yoki nafas olish shoki belgilari bilan o‘lgan yoki yaralanganlar topilgan.
Shahar rasmiylari yong‘inni oxirgi o‘ttiz yildagi eng dahshatlisi deb atagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter