Nyu-York rasmiylari koronavirusga qarshi emlanganlarga yuz dollardan bermoqchi
Nyu-York rasmiylari juma kunidan boshlab koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan har bir odamga 100 dollardan bermoqchi, deb yozadi shahar hokimligi Twitter-akkauntida.
«Juma kunidan boshlab shahar markazida COVID-19 vaksinasining birinchi dozasini qabul qiling — va 100 dollar oling. Bu — oddiy», — deyiladi xabarda.
Bu shaharliklarni emlashga rag‘batlantirishning birinchi usuli emas — bahorda hukumat emlanganlarga lotereya chiptalarini berishgan. Shuningdek, jamoat tashabbuslari ham kuzatildi: xususan, bitta nodavlat tashkilot emlash to‘g‘risidagi guvohnomani berish evaziga Nyu-Yorkda noqonuniy bo‘lmagan marixuana bilan tamaki tarqatishni tashkil qildi.
Shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda Nyu-Yorkning 54,4% aholisi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi, yana 4,8%i qisman emlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter