Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-York gubernatori COVID-19 qurbonlari sonini yashirganlikda ayblanmoqda

Nyu-York gubernatori COVID-19 qurbonlari sonini yashirganlikda ayblanmoqda

Foto: «AP Photo / Mary Altaffer»

Nyu-York shtati qonunchilik palatasidagi respublikachilar gubernator Endryu Kuomoning qariyalar uylarida COVID-19dan o‘lim holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatishga to‘sqinlik qilganligi bilan bog‘liq xabarlar tufayli iste’foga chiqishini talab qilishdi, deb yozadi «Politico» nashri.

Avvalroq «New York Post» gazetasi Kuomoning katta yordamchisi Melissa DeRoza videokonferensiya paytida qariyalar uylarida COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim holatlari haqidagi ma’lumotlarni yashirgani uchun shtatdagi demokratlar yetakchilaridan kechirim so‘raganini yozgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kuomo ma’muriyati qonun chiqaruvchilarning o‘tgan yili avgust oyida COVID-19 statistikasi haqidagi so‘rovini rad etgan. Chunki AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp «deyarli shu vaqtda» qariyalar uylarida o‘lim ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganligi sababli demokrat-gubernatorlarga hujum qilgan va Adliya vazirligiga tegishli tekshiruv o‘tkazishga ko‘rsatma bergan. Shunga qaramay, «Politico» nashrining yozishicha, Kuomoning mart oyidagi COVID-19 testi musbat chiqqan bemorlarni qariyalar uylariga qabul qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi keskin tanqidga uchragandi va ba’zilar tomonidan ushbu muassasalarda o‘lim darajasining yuqori bo‘lishiga sabab sifatida qabul qilingandi.

«Politico» nashrining qayd etishicha, shtatdagi deyarli har bir respublikachi «New York Post» gazetasi xabaridan so‘ng Kuomoga qarshi chiqishgan.

«Kuomoni impichment va javobgarlikka tortish bilan bog‘liq munozaralar zudlik bilan boshlanishi kerak... Agar gubernator aralashgan bo‘lsa, u zudlik bilan lavozimidan ozod qilinishi zarur», — dedi Respublikachilar partiyasining Nyu-York shtatidagi raisi Nik Lenguorti.

AQShda koronavirusning birinchi to‘lqini yuz bergan bahor faslida Nyu-York epidemiya markaziga aylangan. Nyu-York shtatida eng og‘ir vaziyatlarda kuniga 700 talab odam vafot etgan, 3 minglab bemorlar shifoxonaga yotqizilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring