Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norvegiyada qaynoq qish: havo harorati 19 darajaga chiqib ketdi

Norvegiyada qaynoq qish: havo harorati 19 darajaga chiqib ketdi

Foto: ТСН

Norvegiyada anomal issiq qish havosi kuzatilmoqda, deb xabar berdi «Euronews».

Kecha, 2-yanvar kuni erta tongida Ondalsnes shahrida havo harorati 18,6 daraja edi, Sundalsyor shahrida esa 19 daraja issiq bo‘ldi. Bu fordlar mamlakatida meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq yanvar kunidir.

Ryouma kommunasi Ivonn Vold bunaqa issiqdan foydalanib cho‘milib qolishga shama qildi: «Issiq havodan foydalanib Norvegiyaning eng go‘zal tabiatini tomosha qilish yoki fordga tushib cho‘milib qolish kerak, yoki toqqa chang‘i uchishga borsayam bo‘ladi».

NOTV2 telekanali reportyori: «Balki yanvarda bunaqa havo bo‘lganiga quvonmaslik kerakdir?».

«Albatta, yo‘q. Bunaqa havo bizga iqlim o‘zgarayotganidan ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lishi shart», — javob berdi Ivonn Vold.

«Kantar» kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, Norvegiya fuqarolarining 49 foizi iqlim o‘zgarishini eng asosiy siyosiy muammo sifatida ta’kidlashgan. Norveglar uchun sog‘liqni saqlash (45 foiz) ikkinchi, immigratsiya va integratsiya (35 foiz) uchinchi muhim muammo sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring