Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norvegiya chuqur iqtisodiy inqirozga botdi

Norvegiya chuqur iqtisodiy inqirozga botdi

Foto: SS0

Koronavirus pandemiyasi Norvegiyada Ikkinchi jahon urushidan beri eng yirik iqtisodiy inqirozga olib keldi. Qirollik moliya vaziri Yan ture Sanner bu haqda ma’lum qildi.

Mamlakat statistika idorasi e’lon qilgan ma’lumotda Norvegiya materik qismida YaIM pasayishi o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha 2,5 foizga yetgani aytiladi.

«Tadqiqotlar 2020-yildagi qulash (iqtisodiyot) 1970-yildan beri eng kattasi ekanini ko‘rsatmoqda, biroq buni Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik inqiroz desa ham bo‘ladi. Iqtisodiyotdagi yo‘qotish juda ulkan», — moliya vazirining so‘zlarini keltirmoqda NRK teleradiokompaniyasi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring