Norozi aholi qirolni loy bilan "siyladi"
Ispaniya qiroli Filipp VI Bosh vazir Pedro Sanches va Valensiya avtonom hamjamiyati rahbari Karlos Meyson bilan birgalikda mamlakat sharqidagi suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga tashrif buyurdi.
ABC gazetasining yozishicha, Valensiyadagi Paiporta shahri aholisi ularga loy otgan va xushtakbozlik bilan kutib olgan.
Monarx norozi fuqarolarni tinchlantirishga va ular bilan suhbatlashishga harakat qildi. Oxir-oqibat, qirolning Paiportaga tashrifi to‘xtatildi.
29-oktyabr, seshanba kuni Valensiyaning ayrim tumanlari bir necha soat ichida bir yillik yog‘ingarchilik miqdoriga teng yog‘in kuzatildi. Ayrim joylarda osmondan tushgan suv hajmi kvadrat metrga 500 litrga yetgan.
Alikante universitetining ispan klimatologlari kuchli suv toshqini sabablarini tushuntirdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, falokat Depresión Aislada en Niveles Altos (DANA) deb nomlangan hodisa tufayli yuzaga kelgan, bu «yuqori darajadagi izolyasiya qilingan depressiya» degan ma’noni anglatadi.
DANA sovuq tushish hodisasining takomillashtirilgan versiyasidir. Bu iliq havo massasi taxminan 9 ming metr balandlikda statsionar sovuq front bilan to‘qnashganda sodir bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter