Noma’lum shaxs hujumi tufayli Xitoyda yetti o‘quvchi halok bo‘ldi
Bugun, 27-aprel kuni Xitoyning Shensi viloyatidagi Yuylin okrugida noma’lum shaxs hujumi natijasida yetti nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘lgan. Bu haqda hukumat ma’lumotiga asoslanib, «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Mahalliy vaqt bilan soat 18:10 da bolalar maktabdan qaytayotganda, jinoyatchi ularga to‘satdan hujum qilgan. Natijada yetti kishi halok bo‘lgan, o‘n ikki o‘quvchi jarohatlangan. Jabrlanganlar shifoxonaga jo‘natilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari jinoyatchini hibsga olishgan. Hujum sababi hozircha noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter