Nobel mukofoti: laureatlarga beriladigan pul miqdori oshirildi

Nobel mukofoti pullari 2020-yilda oshiriladi va har bir laureatga 10 million shved kronasi (1 million dollar) miqdorida beriladi.
«Bu yil yutuqlari bizni ilhomlantiruvchi va kelajakka ishonch uyg‘otuvchi laureatlarni baholash va qo‘llab-quvvatlashda burilish yasash imkoniyatiga egamiz. Yaqinlashib kelayotgan Nobel haftaliklari arafasida bu yil mukofot pullari qo‘shimcha 1 million kronaga (qariyb 100 ming dollar) ko‘payganini mamnuniyat bilan xabar bermoqchimiz», — dedi Nobel fondi rahbari Lars Xeykensten.
«RIA Novosti» xabariga ko‘ra, 2012-yildan beri fondning investitsion kapitali 3 milliarddan 4,6 milliard kronaga (300 milliondan 460 million dollarga) oshgan, shu sababli besh yo‘nalishdagi Nobel mukofotlari laureatlariga to‘lanadigan pul miqdori ham oshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter