Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nima uchun qo‘ziqorinlar odamlar va atrof-muhit uchun foydali hisoblanadi?

Nima uchun qo‘ziqorinlar odamlar va atrof-muhit uchun foydali hisoblanadi?

lesnoygrib.ru

Uzoq vaqt davomida insoniyat qo‘ziqorinlarga unchalik qiziqmagan va ularni xavfli yoki foydasiz organizmlar deb hisoblagan. Chunki zamburug‘lar bo‘yicha tadqiqotlar uzoq vaqtdan beri e’tibordan chetda qolgan. Biroq, ilm-fan tufayli odamlar asta-sekin ularning sayyora uchun muhim xususiyatlari haqida anglab yetmoqdalar,  – deb  yozadi RBK nashri.  

Qo‘ziqorinlar biz uchun tushunarsiz va xavfli ko‘rinadi – ularning ba’zilari haqiqatan ham zaharli. Biroq, so‘nggi yillarda ya’ni odamlar ko‘proq ularning foydali xususiyatlari haqida bilib olishlari tufayli bu qo‘rquv asta-sekin yo‘qola boshladi.

Zamburug‘lar juda xilma-xil organizmlar guruhi bo‘lib, bir hujayralidan murakkab ko‘p hujayraligacha bo‘lgan hayot shakllarini qamrab oladi. Ular uzoq masofalarga cho‘zilgan yer osti tizimlariga ega mikroskopik yoki yirik mevali tanalar bo‘lishi mumkin. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, turlarning umumiy soni 2,2 milliondan 3,8 milliongacha. 2022-yilga kelib, faqat 150 mingtasi tasvirlangan.

Ba’zi turlar odamlar, hayvonlar va o‘simliklar uchun halokatli bo‘lishi mumkin. Biroq, juda xilma-xilligi tufayli qo‘ziqorinlar tabiatda turli joylarda yashaydi, odamlar va ekotizimlarga foyda keltiradi.

Zamburug‘lar tuproq bioxilma-xilligining muhim qismi ham hisoblanadi. Ba’zi qo‘ziqorinlar o‘simlik va hayvon qoldiqlarini parchalaydi, ozuqa moddalariga aylantiradi va ularning tuproqda mavjudligini oshiradi. Ular, shuningdek, o‘simliklarning rivojlanishi va o‘sishi uchun zarur bo‘lgan ikki muhim oziq moddalar bo‘lgan azot fiksatsiyasini (tuproqda unumdorlik uchun azot konsentratsiyasi) va fosforning mobilizatsiyasini (ildizlarga fosfor yetkazib berish) rag‘batlantirishi mumkin.

Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qo‘ziqorinlarning ayrim turlari ekotizimlarni, jumladan, o‘rmonlarning unumsiz tuproqlarini tiklashga yordam beradi. Ularning tanasida ozuqa moddalarini to‘playdi va yerni to‘ydiradi, bu esa daraxtlarning tezroq o‘sishiga imkon beradi. Qo‘ziqorinlardan ekologiya uchun toza o‘g‘itlar yaratish maqsadida ham foydalanish mumkin, bu esa dalalarni kimyoviy moddalar bilan ifloslantirmasdan unumdorligini oshiradi.

Ba’zi qo‘ziqorinlar foydali moddalarga – B, C va D vitaminlari, minerallar, shu jumladan kaliy, fosfor, kalsiyga boy. Bundan tashqari, ularda protein mavjud bo‘lgani uchun ko‘pchilik meva-sabzavotlardan ustun.

Qo‘ziqorinlar atrof-muhitdagi turli xil tabiatga zarar yetkazuvchi chiqindilarni masalan, plastmassa va boshqa neftga asoslangan mahsulotlarni parchalashga yordam beradi. Bundan tashqari, o‘simliklar va qo‘ziqorinlar uglerodni bog‘lash jarayonini amalga oshiradilar. Bu atmosferadan moddani tortib olish va uni tuproqda o‘nlab yillar, hatto yuzlab yillar davomida saqlashni o‘z ichiga oladi – jarayon nafaqat tuproq unumdorligini oshiradi, balki inson faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha uglerodni kamaytirishga yordam beradi. Shu tufayli qo‘ziqorinlar atmosferadagi karbonat angidrid miqdorini kamaytiradi, Yerdagi haroratning ko‘tarilishi va umuman iqlim o‘zgarishiga qarshi turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring