Nihoyat Gretsiya bosh vaziri ham galstuk taqadi
Gretsiya bosh vaziri Aleksis Sipras 2015-yili hukumat tepasiga kelganida, agar mamlakatning tashqi qarzini to‘lash muddati uzaytirilsa, galstuk taqishga va’da bergan edi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Yevropa ittifoqi davlatlari iqtisodiyot vazirlarining kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Gretsiyaning qarzlarini to‘lash muddati uzaytirilgani ma’lum qilindi.
Gretsiya prezidenti Prokopis Pavlopulos bilan uchrashgan Sipras: «Va’da – qarz. Endi galstukka mos ochrangli ko‘ylak topishim kerak», – degan.
Prezident Pavlopulos esa Siprasga sobiq bosh vazir Mateo Rensi sovg‘a qilgan galstukni taqishni taklif qildi.
Keyingi hafta «Zapion» kongressida so‘zga chiqajak Siprasning qanday kiyinishi va qaysi galstukni taqishi hammani qiziqtirayapti.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilgacha to‘lanishi zarur bo‘lgan 100 milliard yevrolik tashqi qarzning muddati 2033- yilgacha uzaytirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter