Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigeriyada terrorchilar yuzlab tinch aholini garovga oldi

Nigeriyada terrorchilar yuzlab tinch aholini garovga oldi

Foto: «Global Look Press/Blinkcatcher/blickwinkel»

Nigeriya shimoli-sharqida qurolli jangarilar yuzlab tinch aholini garovga oldi. Bu haqda 19 avgust kuni «Le Parisien» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «G‘arbiy Afrikada Islom davlati» (ISWAP) jangarilari Kukava shahrini egallab, tinch aholini garovga olishgan.

Nigeriya xavfsizlik xizmati fuqarolarga yordam berish uchun chora izlamoqda.

Aprel oyida Nigeriyada jangarilar mamlakat shimolida joylashgan Katsina shtatining bir qancha qishloqlariga hujum qilib, 47 kishini o‘ldirgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Nigeriya shimoli va shimoli-sharqida ko‘plab jinoiy guruhlar bo‘lib, ular odamlarni o‘g‘irlash hamda talonchilik bilan shug‘ullanishadi. Shuningdek, mamlakat hududida terrorchilik guruhlariga qarshi kurash ketmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring