Nigeriyada harbiy samolyot halokatga uchradi: hech kim tirik qolmadi
Abujada Nigeriya harbiy havo kuchlariga qarashli King Air 350 ning qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi Nigeriya harbiy havo kuchlari «Twitter»ida.
«Nigeriya harbiy havo kuchlarining Beechcraft KingAir B350i samolyoti Minnaga parvoz paytida dvigatelning ishlamay qolganligi haqidagi xabarlardan so‘ng Abuja aeroportiga qaytayotganda halokatga uchraganligini tasdiqlaymiz. Favqulodda vaziyatlar xizmati allaqachon hodisa joyiga yetib kelishgan. Afsuski, samolyot bortidagi barcha harbiy xizmatchilar halok bo‘lishdi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanganidek, mamlakat Harbiy havo kuchlari shtabi boshlig‘i ushbu fojiani zudlik bilan tekshirishni buyurdi.
Avvalroq mahalliy nashrlar olti kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berishgandi. «Nation» nashrining yozishicha, dvigatelning ishdan chiqishi haqida 10:39 da (Toshkent vaqti bilan 10:39) xabar berilgan. Samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan va shu zahoti yonib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter