Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigeriyada 100 dan ortiq maktab o‘quvchilari o‘g‘irlab ketildi

Nigeriyada 100 dan ortiq maktab o‘quvchilari o‘g‘irlab ketildi

Foto: «AP Photo / Gbenga Olamikan»

Dushanba kuni Nigeriyaning Kaduna shtatida bezorilar internat maktabining 100 dan ortiq o‘quvchisini o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar berdi mahalliy Invicta radiostansiyasi.

Avvalroq Nigeriya shimolidagi Kaduna shtatida noma’lum shaxslar o‘rta maktabga bostirib kirib, o‘nlab o‘quvchilarni o‘g‘irlab ketishgani haqida xabarlar tarqaldi.

Radioning xabar berishicha, 106 nafar maktab o‘quvchisi qurollangan noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlangan. Maktab direktori o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, ular mahalliy vaqt bilan soat 2:00 (Toshkent vaqti bilan 6:00)da muassasaga bostirib kirib, o‘quvchilarni o‘g‘irlab ketishgan. Ta’kidlanishicha, 24 nafar maktab o‘quvchisi qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Shu bilan birga, Frans Press agentligi o‘g‘irlangan 140 nafar o‘quvchi haqida xabar berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring