Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niderlandiya bosh vaziri ota-bobolar xatosi uchun uzr so‘radi

Niderlandiya bosh vaziri ota-bobolar xatosi uchun uzr so‘radi

Niderlandiya qirolligi quldorlik borasidagi tarixiy xatosi uchun rasman uzr so‘radi, deb xabar berdi «Euronews». Niderlandiya nomidan gapirgan bosh vazir Mark Ryutte mamlakatda uzoq yillar davomida quldorlik rag‘batlantirilgani, shu yo‘l bilan boylik to‘planganini tan olgan.

«Odamlar mol-matohga aylantirilib, golland davlati nomidan oldi-sotdi qilingan. Insoniy qadr-qimmat poymol etilgan. Buning uchun kechirim so‘rayman», – degan bosh vazir Milliy arxivdagi ma’ruzasida.

Ma’lum bo‘lishicha, rasmiy Amsterdam quldorlik qurbonlarining avlodlariga tovon puli bermaydi. Buning o‘rniga jamoatchilikning quldorlik haqidagi xabardorligini oshirish maqsadida maxsus jamg‘armaga 200 million yevro mablag‘ o‘tkaziladi. Shuningdek, quldorlik tarixiga bag‘ishlangan muzey tashkil qilish uchun 27 million yevro ajratiladi.

XVI–XVII asrlarda Niderlandiya imperiyasi Afrika qit’asidan Janubiy Amerika va Karib orollariga minglab odamni qul sifatida keltirgan. XIX asrga qadar quldorlik davlat iqtisodiyotining muhim yo‘nalishi sanalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring