Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyaxu Ramazon oyida musulmonlarning Al-Aqsoga kirishini cheklamoqda

Netanyaxu Ramazon oyida musulmonlarning Al-Aqsoga kirishini cheklamoqda

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning Ramazon oyida musulmonlarning Al-Aqso masjidiga kirishini cheklash bo‘yicha tavsiyalarini qabul qildi.

Bu haqda Isroilning 13-kanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Ichki xavfsizlik agentligining ushbu qaror falastinliklar va Isroil politsiyasi o‘rtasida to‘qnashuvlarga sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlariga bosh vazir e’tibor qaratmagan.

Yaqin kunlarda bu borada yakuniy qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

7 oktyabr kuni Isroilning G‘azo sektoriga agressiyasi boshlanganidan beri Isroil xavfsizlik kuchlari o‘n minglab namozxonlarning Al-Aqso masjidiga kirishini taqiqlab qo‘ygan.

Avvalroq Braziliya prezidenti Luiz Lula da Silva Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini fashistlar Germaniyasi yetakchisi Adolf Gitlerning yahudiylarga qarshi jinoyatlariga qiyoslagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring