Netanyahu Trampga antiqa sovg‘a taqdim etdi
![Netanyahu Trampga antiqa sovg‘a taqdim etdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1579511849.jpg)
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. U Oq uy rahbariga Hizbulloh guruhiga qarshi operatsiya xotirasi uchun peyjer sovg‘a qildi, dedi Isroil bosh vazirining maslahatchisi Dmitriy Gendelman.
N12 telekanaliga ko‘ra, sovg‘alar ro‘yxatida ikkita peyjer bor edi: oddiy va oltin.
Donald Trampning ta’kidlashicha, Mossad tomonidan uyushtirilgan peyjerlarning ommaviy portlashi «ulug‘vor operatsiya» bo‘lgan. Bunga javoban u Isroil prezidentiga uchrashuvdan olingan «Bibi, buyuk yo‘lboshchi» yozuvi va o‘z imzosi tushirilgan qo‘shma fotosuratni sovg‘a qildi.
Prezidentlarning Oq uyda uchrashuvi besh soat davom etdi. Kengaytirilgan muzokaralar chog‘ida tomonlar dolzarb masalalar, jumladan, G‘azo sektori bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi. Muhokamalardan so‘ng Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar «G‘azo sektorini nazorat ostiga olishini» aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, anklavda tozalash ishlari olib boriladi, portlamagan bomba va qurollar olib tashlanadi, yerlar tekislanadi, vayron bo‘lgan binolar buziladi. Amerika qo‘shinlari «kerak bo‘lsa» u yerda ham paydo bo‘lishi mumkin.
Peyjer portlatish operatsiyasi 2024-yil 17 va 18- sentyabr kunlari Livan va Damashqda bo‘lib o‘tdi. Portlashlarning birinchi to‘lqinida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, 3000 dan ortiq kishi jarohatlandi. Ikkinchi to‘lqin sodir bo‘lganda, taxminan 25 kishi halok bo‘ldi va 700 dan ortiq kishi jarohat oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter