«Navalniy voqeasi» sabab Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llanishi mumkin
Bloger Aleksey Navalniyning zaharlanishi tufayli Germaniya tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin.
«Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari Rossiyaga nisbatan umumiy pozitsiyasini ishlab chiqishi kerak, bu esa keyingi sanksiyalarni istisno qilmaydi», deydi Germaniya hukumati vakili Shteffen Zaybert.
Germaniya vakili Berlin Navalniyning «Novichok» moddasiga o‘xshash zahardan zararlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday ma’lumotlar Bundesver laboratoriyasi – GFR qurolli kuchlari tomonidan olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter