Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navalniy necha yilga qamaladi — «Bloomberg» talqini

Navalniy necha yilga qamaladi — «Bloomberg» talqini

Foto: RT

Aleksey Navalniy umumiy hisobda 13,5 yilni panjara ortida o‘tkazishi mumkin. Bu haqda «Bloomberg» agentligi RF prezidenti administratsiyasiga yaqin manbalariga asoslanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 2-fevral kuni o‘tadigan sud muxolifatchiga 3,5 yil qamoq jazosi berishi, vaqti kelib, boshqa ish bo‘yicha yana 10 yil qo‘shishi mumkin.

2020-yil dekabrida Navalniy Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi xayriyalari bo‘yicha yirik firibgarlik ishida figurantlardan biri sifatida ayblangan. Shunday ekan, siyosatchiga qo‘shimcha o‘n yil berib yuborishlari mumkin.

Moskva Navalniyning qaytishiga umid qilmagandi, yozadi «Bloomberg», muxolifatchi qaytishga qaror qilgach esa Kreml «himoya pozitsiyasi»ga o‘tib oldi. Agentlik qo‘shimcha qilishicha, shu yil kuzida bo‘lajak Davlat dumasiga saylovlar arafasida Kreml jamiyatda bosim kuchayib ketishi ehtimolini ham hisobga oladi. 

Eslatib o‘tamiz, Germaniyada davolangan Aleksey Navalniy Rossiyaga qaytgach, aeroportdayoq qo‘lga olingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring