«Navalniy» filmi ham «Oskar» oldi
AQShda 95-marta o‘tkazilgan Amerika kinoakademiyasi mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Kanadalik rejissyor Daniel Roerning rossiyalik muxolifatchi va Putinning tanqidchisi Aleksey Navalniyning zaharlanishi va uning Rossiyaga qaytishi haqidagi film – «Navalniy» filmi «Eng yaxshi hujjatli film» nominatsiyasida AQSh kinoakademiyasi mukofoti – «Oskar»ni qo‘lga kiritdi.
«Men ushbu mukofotni Aleksey Navalniyga va dunyodagi barcha siyosiy mahbuslarga bag‘ishlamoqchiman.
Aleksey, dunyo sizning jasoratingizni unutmaydi. Biz diktatura va avtoritarizmga qarshi turishdan qo‘rqmasligimiz kerak», – deydi film rejissyori Daniel Roer «Oskar» oltin haykalchasini qabul qilib olar ekan.
Film premerasi 2022-yil yanvarida Sundance mustaqil kinofestivalida bo‘lib o‘tgan va u tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan edi.
Film Alekseyning zaharlanishi va uning rafiqasi Yuliya Navalnayaning erini Rossiyaning Omsk shahridagi kasalxonadan Germaniyaga «evakuatsiya qilish» uchun olib borgan kurashi hamda Navalniy Moskvaga qaytib kelishi bilan rus politsiyasi uni olib ketgunga qadar bo‘lgan muddatni qamrab oladi. Keyinroq u Moskva tomonidan Navalniyning siyosiy motivlari borligi bilan bog‘liq sinov muddatini buzganlikda ayblanib, ikki yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
«Mening erim faqat haqiqatni aytgani uchun qamoqda. Demokratiyani himoya qilgani uchun qamoqda. Aleksey, men sen ozod bo‘ladigan, yurtimiz ozod bo‘ladigan kunni orzu qilaman. O‘zingni asra, azizim», – deydi Yuliya Navalnaya taqdimotda.
Ushbu hujjatli film Britaniyaning Bafta mukofotiga ham sazovor bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilgi taidirlashda «Har narsa har joyda» filmi 2022-yilning eng yaxshi kinokartinasi sifatida e’tirof etildi.
G‘oliblar:
Eng yaxshi animatsion film: «Pinokkio Gilermo del Toro»;
Eng yaxshi operatorlik ishi: «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»;
Eng yaxshi sahnalashtiruvchi rassom: «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»;
Eng yaxshi kostyumlar: «Qora pantera: abadiy Vakanda»;
Eng yaxshi grim va turmaklar: «Kit»;
Eng yaxshi qisqa metrajli o‘yin filmi: «Irlandcha xayrlashuv»;
Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film: «Bolakay, Yumronqoziq, Tulki va Ot»;
Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film: «Fillarni qarg‘ovchilar»;
Eng yaxshi xorijiy film: «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q» (Germaniya);
Eng yaxshi hujjatli film: «Navalniy»;
Eng yaxshi vizual effektlar: «Avatar: suv yo‘li»;
Eng yaxshi qo‘shiq: Naatu Naatu «RRR: yonimizda inqilob kuylamoqda» (Hindiston);
Eng yaxshi musiqa: «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»;
Eng yaxshi rejissyor(lar): Deniyel Kvan va Deniyel Shaynert («Har narsa har joyda»);
Eng yaxshi aktrisa: Mishel Yeo («Har narsa har joyda»);
Eng yaxshi aktyor: Brendan Freyzer («Kit»)
Eng yaxshi film: «Har narsa har joyda»;
Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Jeymi Li Kyortis («Har narsa har joyda»);
Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Ke Hyui Kuan («Har narsa har joyda»).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter