Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATO sari Finlyandiya: Shvetsiya bilan yoki hech qachon

NATO sari Finlyandiya: Shvetsiya bilan yoki hech qachon

Foto: «Getty Images»

Finlyandiya NATOga Shvetsiyasiz qo‘shilmaydi. Xelsinki va Stokgolm qo‘l berib olg‘a intiladi. Mamlakat prezidenti Sauli Niinistyo matbuot-anjumanida shunday dedi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shvetsiya va Finlyandiyaning alyansga a’zolik masalasini imkon qadar tezroq hal etishni o‘ylayapti. U Xelsinkiga tashrifi chog‘i, prezident Sauli Niinistyo bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot anjumanida fikrlarini ochiqladi.

Alyans rahbari aytishicha, ayni paytda Turkiya bilan muzokaralar qizg‘in pallaga chiqqan. Eslatib o‘tamiz, kurd muammosiga yondashuvlari sabab Skandinaviya mamlakatlarini rasmiy Anqara NATOda ko‘rishni istamayapti.

Iyun oyining oxirida Madridda o‘tadigan NATO sammiti tomonlar barcha masalalarni hal etishga ulgurishi shart bo‘lgan dedlayn emas, Stoltenberg bunga ham urg‘u berdi.

NATO bosh kotibi alyansning Suriya-Iroq chegarasida Turkiyaning juda muhim rolga egaligini ta’kidlab, mamlakat terrorchilarning xatti-harakatlaridan ko‘p zahmat chekkanini, shu bois uning xavfsizlik borasidagi xavotirlari bilan ham hisoblashish zarurligini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, Xelsinki va Stokgolmning NATOga a’zo bo‘lishi Shimoliy Yevropa mamlakatlari xavfsizlik darajasini oshirishga xizmat qiladi, dedi u.

Prezident Niinistyo esa Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga qo‘shilishiga qarshi chiqqanidan ajablanganini, biroq o‘zaro manfaatli qarorga kelinishidan umid qilishini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring