NATO bosh kotibi yangi lavozimga tayinlandi, o‘rnini kimlar egallashi mumkin?
Shimoliy Atlantika alyansi — NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Norvegiya markaziy banki rahbari etib tayinlandi. Bu haqda ushbu mamlakat hukumati ma’lum qildi.
Biroq Stoltenberg vataniga sal keyinroq qaytadi, NATOni o‘zi uchun belgilangan muddatning so‘nggi kuni — joriy yilning 30-sentyabrigacha boshqarishda davom etadi. Norvegiya markaziy bankining hozirgi rahbari Oysteyn Olsen esa 1-martda bo‘shaydi.
Yens Stoltenberg 1-oktyabrga qadar bor kuchini NATO rahbarligiga sarflashini ma’lum qildi.
OAVda NATOning yangi rahbari kim bo‘lishi haqida turli taxminlar ilgari surilyapti. Asosiy nomzodlar — Tereza Mey (Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri) Mark Ryutte (Niderlandiya bosh vaziri), Klaus Yoxannis (Ruminiya prezidenti), Kaya Kallas (Estoniya bosh vaziri) va Federika Mogerini (Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik bo‘yicha sobiq rahbari).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter