Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATO bosh kotibi: Rossiya yangi zarba berishga tayyorlanmoqda

NATO bosh kotibi: Rossiya yangi zarba berishga tayyorlanmoqda

Rossiya Ukrainani bosib olish rejasidan qaytgan emas, qayta guruhlanishdan so‘ng kuchlarini sharq va janubga qaratadi, dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

«Yaqin haftalarda Rossiya qo‘shinlari, butun Donbassni zabt etish va bosib olingan Qrimga qadar yer usti yo‘lagini yaratish uchun, Ukrainaning sharqiy va janubiy qismi bo‘ylab harakatlanishga urinishini kutyapmiz. Urush og‘ir pallasiga kirdi», — dedi Stoltenberg.

Buchadagi fojia sodir etilgan harbiy jinoyatlar orasida yagona emas, qo‘shimcha qildi u.

«Qachonki ular chekinishsa, o‘z hududlarini qaytarib olgan ukrain harbiylari vahshiyliklarning yangi dalillari va harbiy jinoyatlar, yoppasiga ko‘mib yuborilgan jasadlarga duch kelishlaridan qo‘rqaman», — ta’kidladi NATO bosh kotibi matbuot anjumanida.

U NATO Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring